06:23 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Madaniyat
Havola olish
282 0 0

Samarqand DU yoshini 600 yil etib belgilash uni universitetlar jahon reytingi roʻyxatida munosib oʻrin egallashiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Samarqand Davlat Universiteti 2020 yilning 21 sentyabrida 600 yilligini nishonlashga tayyorlanmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga muassasa matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, bundan 600 yil oldin 1420 yilda Samarqanlla Ulugʻbek madrasai oliyasi tashkil qilingan. Olimlar aniqlashiga koʻra Ulugʻbek madrasasida universitetlarda oʻtilayotgan fanlarning barchasi oʻtilganini, bilimlar yozuvlarga asoslangan boʻlganini va hayotning koʻplab sohalarini qamrab olgani tasdiqlangan.

Mirzo Ulugʻbek madrasasi oʻzining koʻlami, salohiyati va oliy maqomi bilan Sharqda juda tez shuhrat qozondi. Madrasa turli fan sohalarini qamrab olishi, ilmiy ishlar koʻlamining kengligi va olamshumulligi, dunyoviy ilmlarning oʻqitilish darajasi, olimlarining mashhurligi bilan tubdan farq qilar edi.

Madrasaviy bilimlar tizimi uzuluksiz jarayon sifatida 20 asr boshiga qadar davom etdi. Sovet davrida Samarqandda oliy taʼlim tizimi bir necha bosqichdan oʻtib 1933 yilning 30-yanvarida Samarqand Davlat universiteti tashkil etildi.

Oʻzbekiston taʼlim tizimi shakllanishi va rivojlanishini milliy madaniyatimizning oʻrta asrlardagi yutuqlari va oʻsha davrlardagi madrasa – taʼlim muassasalari tarixi bilan bevosita bogʻliq. Tarixiylik, manbaviylik, madaniyatimiz tarixida madrasa – universitet tizimi davrlar kesimida oliy taʼlimning Samarqand zaminida uzuluksiz davomiyligiga asos boʻla oladi. 

Ushbu omillar Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulugʻbek asos solgan madrasai oliya davomchisi deb xulosa berishga imkoniyat berdi.

Universitet yoshini 2020 yil 21 sentyabrda 600 yilligini nishonlash taklifini yurtimizning koʻplab mutaxasis olimlari oliygoxlari tomonidan qoʻllab quvvatlandi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Samarqand DUning yoshini 600 yil etib belgilash Oʻzbekiston taʼlim tizimining qadimiy ekanligini eʼtirof etish bilan bir qatorda, uni universitetlar jahon reytingi roʻyxatida munosib oʻrin egallashiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

 

Asosiy mavzular