23:05 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Madaniyat
Havola olish
94 0 0

Xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekistonda amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming dollardan oshmagan miqdorda) qaytariladi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.

Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik boʻyicha Memorandum imzolanadi.

Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun Oʻzbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.

Ruxsatnoma muddati yakunlangandan soʻng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.

Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.

Agentlik xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.

Davlat byudjetidan mablagʻ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar roʻyxati Agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.

Asosiy mavzular