22:40 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Madaniyat
Havola olish
92 0 0

Odri Azule Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilda Xivada xalqaro madaniy forum oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. YUNESKO Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xivada xalqaro madaniy forum oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. 

Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi chiqishidan soʻng tashkilot bosh direktori Odri Azule oʻz tvitterida Oʻzbekiston prezidenti tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 

"Men Prezident Mirziyoyevning 2021 yilda Xivada Markaziy Osiyo boʻyicha xalqaro madaniy forum oʻtkazish tashabbusini mamnuniyat bilan qabul qilaman", - deb yozdi Odri Azule. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida dunyo hamjamiyati eʼtiborini Orolboʻyi hududidagi ekologik falokatga qaratgan edi. 

Xususan Oʻzbekiston prezidenti Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilishni hamda 2021 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni oʻtkazishga tayyor ekanligini bildirgan edi. 

Asosiy mavzular