18:14 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Madaniyat
Havola olish
93230

Mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan oʻzimni 1-2 yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb oʻylayman, deya boshlagan muxlislariga murojaatni Otajonov.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Oʻzbek musiqa sohasining yorqin yulduzlaridan biri, xorazmlik xonanda Jahongir Otajonov musiqachilikdan voz kechish qarorini qabul qildi.

Xonanda oʻzining ushbu qarorini Instagram orqali qilingan video-murojaatda eʼlon qilgan.

" <>...Mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan oʻzimni 1-2 yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb oʻylayman. Oʻzim yaxshi koʻrgan, meni shuncha darajaga yetkazgan, xalqimizni orasida ozmi-koʻpmi obroʻ eʼtibor qozontirgan musiqachilik kasbim bilan Alloh uchun, shariatimizga toʻgʻri kelmagani uchun voz kechishlikni jurʼat qildim", - deydi xonanda.

Xonanda yillar davomida uni olqishlab, ashulalarini eshitib kelgan barcha muxlislariga minnatdorlik bildirgan.

U shuningdek, ijodidan norozi boʻlgan yurtdoshlarni ham esga olgan va ulardan undan rozi boʻlishlarini soʻrab qolgan.

Otajonov, bundan keyin unga musiqachilik boʻyicha savollar bilan bezovta qilmasliklarini va muxlislardan uning qoʻshiqlarini qayerda koʻrishsa, oʻsha joydan oʻchirib tashlashlarini soʻrab qolgan.

Asosiy mavzular