08:52 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
76710

Zominda dorivor oʻsimliklar boshqa davlatlarga eksport qilish uchun tayyorlanadi.

Toshkent, 3 avg – Sputnik. Zoomin tabiat qoʻriqxonasida dorivor oʻsimliklarni qayti ishlash markazi tashkil qilinadi, — deb xabar berdi kultura.uz

Maxsus markaz oʻsimliklarni qadoqlaydigan va oʻraydigan yuqori texnologiyali aspob-uskuna bilan jihojlanadi.

Shu bilan birgalikda tumanda biologik xilma xillikni saqlab qolish uchun yaylovlarda ozuqaviy oʻsimliklari ekilyapti. Kelasi yilning kuz oyidan boshlab hudud boshqa yaylovlar uchun ham urugʻ yetkazib beradigan “ona yer” vazifasini oʻtaydi.

Avval yigʻib olingan oʻtlar qayta ishlash uchun poytaxtga yuborilar edi. Endi esa BMTRD loyhasi doirasida ishlab chiqarish Zominga koʻchirildi. Bu esa,  oʻz oʻrnida, mahsulot sifatini yaxshilash va mahalliy aholini ish bilan taʼminlashga yordam beradi.

Zomin posyolkasi Oʻzbekistonning togʻli hududi hisoblangan Jizzax viloyatida joylashgan. U oʻzining dorivor oʻsimliklari bilan mashhur. Bu yerda turli kassalliklarni davolashda qadimdan ishlatilib kelingan oʻsimliklarning taxminan 50 turi oʻsadi. Oʻsimliklarning koʻpi oʻrta asr faylasuflari va Ibn Sino oʻz kitoblarida tilga olib oʻtgan.

Asosiy mavzular