07:13 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Birja xodimi ishi. Arxiv surat

Neft narxi oshmoqda, dollar - tushmoqda

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Iqtisod
Havola olish
42112

Brent markali neft narxi 2015 yil dekabridan beri birinchi marta $45 dan oshdi, AQSH dollari qiymati esa noyabrdan beri birinchi marta 65 rubldan pastga tushdi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Dunyo birjalarida neft narxi oʻsishi davom etmoqda. Brent markali neft narxi 2015 yil dekabridan beri birinchi marta barreliga  $45 dan oshdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Brent neftiga iyun oyiga sotilgan fyucherslar narxi 2.5 % ga oʻsish koʻrsatdi.  WTI markali neft narxi esa 2,38 % ga oʻsib 43,48 $ ni tashkil qildi.

Shu bilan bir vaqtda Moskva valyuta birjasida AQSH dollar narxi tusha boshladi. Dollar qiymati neftga bevosita bogʻliqligi koʻpchilikka yaxshi maʼlum. Bugun dollar 2015 noyabridan beri birinchi marta 65 soʻmdan pastga tushdi.

 

Asosiy mavzular