15:57 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Konditer fabrikasi

Belarusning yetakchi konditer korxonasi "Angren"ga qiziqmoqda

© Sputnik / Anar Movsumov
Iqtisod
Havola olish
52011

Tashrif davomida fabrika vakillari "Angren shakar" xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Belarus konditer bozorining yetakchisi – yiliga 200 nomdan ortiq 25 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqaruvchi "Kommunarka" fabrikasi "Angren" EIZda biznes yuritishga qiziqmoqda, deb xabar beriladi "Angren" erkin iqtisodiy zonasi saytida.

Tashrif davomida fabrika vakillari "Angren shakar" xorijiy korxonasi faoliyati hamda bu yerda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

"Kommunarka" fabrikasi Belarusdagi eng yirik konditer mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. U "Belgospiщeprom" davlat oziq-ovqat sanoati kontserni tarkibiga kiradi.

Asosiy mavzular