18:28 21 Aprel 2018
Efir
Almalыkskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati samaradorligi oshiriladi

© Sputnik / N. Bobrov
Iqtisod
Havola olish
24110

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yulshqaruv tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorga imzo chekdi

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻrisida qaror chiqardi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo bazasini kengaytirish va ruda, rangli, qimmatbaho va nodir metallar qazib olish hamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish maqsadida choralar qabul qilinadi.

Prezident veb saytida eʼlon qilingan qarorga koʻra, kombinatda ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy usullari joriy etiladi, xorijdan sarmoya jalb etish maqsadida faol investitsion siyosat olib boriladi.

Shuningdek, "Olmaliq KMK" AJda rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etiladi. Mutaxassislar yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish bilan shugʻullanadilar.

Bundan tashqari, muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari qayta tayyolovga yuboriladi.

Asosiy mavzular