21:15 24 Aprel 2018
Efir
Dengi

Oʻzbekiston banklari 1,5 milliard dollardan ortiq mablagʻ almashtirildi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev
Iqtisod
Havola olish
40430

Bundan tashqari, respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon yuridik shaxslar tomonidan valyuta birjasi orqali 1,7 million dollar xarid qilindi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekiston banklari respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon 1,5 milliard dollardan ortiq mablagʻ almashtirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu haqda bugun boʻlib oʻtgan Xalqaro Press-klub yigʻilishida Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, jismoniy shaxslardan 644 million dollar sotib olingan va eksport qiluvchilardan 915 million dollar kelib tushgan.

Bundan tashqari, respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon yuridik shaxslar tomonidan valyuta birjasi orqali 1,7 million dollar xarid qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti farmoniga asosan 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiyasi joriy etilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tijorat banklar orqali valyutani erkin tarzda almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Markaziy bank 5 sentyabrdan milliy valyutasi — soʻm qiymatini sal kam ikki baravar miqdorda devalvatsiya qilindi. Ilgari mamlakatda koʻplab valyuta kurslari amaliyoti boʻlgan. Xususan, dollarning MB rasmiy qiymati va qora bozordagi qiymat oʻrtasida ikki baravar miqdorda tafovut boʻlgan.

Asosiy mavzular