21:24 24 Aprel 2018
Efir
Derevyannыe scheta

Yuridik shaxslar uchun daromad soliqlari umumlashtirildi

© region16.info
Iqtisod
Havola olish
955 0 0

Olinish bazasi bir xil boʻlgan daromad soligʻi (7,5%) va obodonlashtirish soligʻi (8%) - yagona daromad soligʻi (14%) sifatida umumlashtirildi.

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslar uchun daromad soligʻi 14%ni tashkil qiladi, deyilgan RIA Novosti xabarida.

“Rasman daromad soligʻi 7,5 %dan 14 %gacha oshirildi, lekin shu bilan birga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi (8%) bekor qilindi”, — dedi Soliq qoʻmitasi vakili.

Qoʻmita vakili aytishiga qaraganda, oʻtgan yillarda Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar olgan daromadlaridan ikkita soliq toʻlar edilar – daromad soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi. Ushbu ikkala soliqlar bazasi bir xil boʻlgani tufayli, ular yagona daromad soligʻi sifatida umumlashtirildi.

Shuningdek, 2018 yilda soliqchilik sohasida yana bir qator oʻzgarishlar kiritildi. Xususan, ommaviy tomoshalar, kontsertlar tashkillashtiradigan korxonalar faoliyatidan olinadigan daromad soligʻi 35 %dan 14 %gacha kamaytirildi.

Tijorat banklari  faoliyatidan olinadigan daromad soligʻi esa – 22 % miqdorida saqlab qolindi.

Uyali aloqa sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun oʻzgaruvchan daromad soligʻi miqdori ham oshirildi. Xususan, aloqa operatorining rentabellik darajasi 20%dan kam boʻlsa, u 14 % soliq toʻlaydi, rentabellik darajasi 20%dan oshgan taqdirda, oshgan miqdoridan – 50% daromad soligʻi olinadi.

Oʻzbekiston iqtisodiy hayotining turli jabhalariga taaluqli oʻzgarishlar 29 dekabr kuni imzolangan 3454-sonli prezident karorida belgilangan.

Asosiy mavzular