19:35 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
30500

Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar, liniya uzunligi - 260km, tugatish mudati - 2020 yil oxiri.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. "zbekenergo" Afgʻoniston yoʻnalishida yangi elektr liniyasi qurishni boshladi, deb xabar qildi shanba kuni kompaniya rahbari Ulugʻbek Mustafoyev.

“Biz Oʻzbekiston hududida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qurilish ishlarini boshladik. Iyun oiydan boshlab Afgʻoniston hududida ishlay boshlaymiz”, — dedi Mustafoyev.

“Oʻzbekenergo” xabariga koʻra, “Surxon – Puli–Xumri”  yoʻnalishida qurilayotgan elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi. Yangi liniya Oʻzbekistondan Afgʻonistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmini 70 %ga oshirib, yaʼni yiliga — 6 milliard kVt.soatga yetkizadi. Elektr uzatish liniyasi 2020 yil oxiriga qadar ishga tushishi kerak.

Umumiy qiymati 150 million dollar boʻlgan loyihaning 120 million dollari Afgʻoniston hukumati mablagʻlari evaziga, qolgan qismi esa “Oʻzbekenergo” mablagʻlari evaziga moliyalashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2017  yilning dekabr oyida Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi davomida, ikki mamlakat orasida quvvati 500 kV boʻlgan “Surxon – Puli–Xumri”   elektr uzatish liniyasi qurish haqida shartnoma imzolangan edi.

Mustafoyev aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston Afgʻonistonga 2002 yildan buyon elektr energiyasi yetkazib berib kelmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida elektr energiyasi yetkazib berish hajmi yiliga 62 million kVt.soatdan 1,8 milliard kVt.soatgacha oshdi.

Asosiy mavzular