15:04 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Proizvodstvo gipsokartona

Buxoroda "Knauf" gipskarton listlarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Iqtisod
Havola olish
208 0 0

Keyingi bosqichda “Knauf” kompaniyasi Oʻzbekistonda gips asosida quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda.

 

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Buxoro viloyatidagi “Knauf Gips Buxoro” korxonasida yuqori sifatli gipskarton, yaʼni KNAUF-listlarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushdi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.

Liniyani ishga tushirish jarayonida Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlari kengashi hamraisi, “Knauf Gips KG” kompaniyasi ijrochi direktori M.Grundke boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi.

“Knauf Gips Buxoro” bosh direktori Dmitriy Deripalkoning aytishicha, gipskarton listlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasining umumiy qiymati 16 million yevroni tashkil etdi. Endilikda ishlab chiqarish liniyasining quvvati 30 foizga oshadi. Kelgusida yiliga 32 million kv.m dan ortiq hajmda KNAUF-listlari ishlab chiqariladi.

Keyingi bosqichda “Knauf” kompaniyasi Oʻzbekistonda gips asosida quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi ishlab chiqarish liniyasi “Knauf Gips Buxoro” joylashgan hududda quriladi. Ana shunda quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish boʻyicha “Knauf” ning ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga oshadi.

Uchrashuv doirasida germaniyalik tadbirkorlar uchun Oʻzbekistonning qurilish sanoatidagi investitsiyaviy imkoniyati va loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekistonda 300 dan ortiq qurilish materiallarini, marmar, granit, gabbro, kaolin, vollostanit, kvarts qumi, vermikulit, ohak kabi mahsulotlarning katta hajmdagi zahiralari mavjudligi, xom ashyo mahsulotlari va energiya tashuvchilar tannarxining arzonligi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ragʻbatlantiruvchi omil ekanligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga Germaniya kompaniya va banklarining 70dan ortiq vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank hamda Oʻzbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqqan kichik va oʻrta biznes korxonalari vakillari oʻrin olgan.

Asosiy mavzular