06:33 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Shtangovыy nasos

Oʻzneftegaz va SOCAR geologik razvedka olib borish haqida kelishib olishdi

© Sputnik / RIA Novosti
Iqtisod
Havola olish
125 0 0

“Oʻzbekneftegaz" ikkinchi tomondan BP va SOCAR orasida Oʻzbekistonda joylashgan neft va gaz konlarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston hududida geologik razvedka ishlari olib borish haqida memorandumlar imzolandi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. BP Exploration va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyalari Oʻzbekistonda geologik razvedka ishlari olib borish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu hamkorlik haqidagi ikki memorandum toshkentda boʻlib oʻtayotgan  "Oʻzbekiston nefti va gazi — OGU 2018" koʻrgazmasi doirasida imzolandi.

Bir tomondan “Oʻzbekneftegaz" ikkinchi tomondan BP va SOCAR orasida Oʻzbekistonda joylashgan neft va gaz konlarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston hududida geologik razvedka ishlari olib borish haqida memorandumlar imzolandi.

“Imzolangan hujjatlar geologik razvedka ishlari oʻtkazishni nazarda tutgan. Ushbu ishda BP bizga hamrohlik qiladi. Undan tashqari biz oʻzbek korxonalarini Ozarbayjonda geologik razvedka olib borishda ishtirok etishini ham muhokama qilmoqdamiz”, — dedi SOCAR vitse-prezidenti Baxram Guseynov Sputnik muxbiriga.  

Imzolangan hujjatlar Oʻzbekistonda yetakchi xorijiy texnologiyalarni qoʻllagan holda geologik razvedka ishlari olib borish imkonini yaratadi, yangi konlari ochishga va mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishga imkon beradi.  

Eslatib oʻtamiz,oxirgi yillar davomida Oʻzbekiston hududida 211ta uglevodorod xom-ashyosi konlari ochildi. Ulardan 108ta – gaz va gaz kondensati konlari, 103ta – neft gaz konlaridir. Eng soʻnggi topilmalardan biri bu – Ust Yurt platosidagi Quyi Surgil konidir. Bu yerda 3,6 ming metr chuqurlikda gaz kondensati koni topilgan.

Asosiy mavzular