Jahongir Ortiqxo‘jayev: Tashkent Citydagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan

© Sputnik / Anton KurilkinXokim Tashkenta Artikxldjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artikxldjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimi Moskvada Tashkent City loyihasi taqdimotini o‘tkazib, ishbilarmonlar bilan muhokama qildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Moskva shahrida O‘zbekiston elchixonasida Toshkent shahar delegatsiyasi bilan Moskva meriyasi o‘rtasida Tahskent City qurilishi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, Rossiya biznes vakillariga yangi majmuasi haqida taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent city"ga yangi direktor tayinlandi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, Tashkent City  O‘zbekistonning poytaxti uchun muhim developerlik va investitsiya loyihasi hisoblanadi. Poytaxt rahbari qurilayotgan majmuadagi barcha maydonlar sotilganligi va bo‘sh joylar qolmaganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tashkent City  vakili Anna Barsukova ushbu loyiha xorijiy biznes uchun investitsiya maydonchaga aylanligi, dunyoning ko‘plab kompaniyalari bunga katta qiziqish bildirilayotganligi va pul mablag‘larini sarflashga tayyor ekanligini bildirdi.  

© SputnikDelgatsiya xokimiyata Tashkenta posetila posolstvo Uzbekistana v Moskve
Delgatsiya xokimiyata Tashkenta posetila posolstvo Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Delgatsiya xokimiyata Tashkenta posetila posolstvo Uzbekistana v Moskve

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.

Loyiha bir milliard dollar miqdorida baholanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0