23:54 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Umurzakov Sardor - Predsedatel assotsiatsii Uzcharmsanoat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida charm sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
17610

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Sardor Umurzaqov Oʻzbekiston poyabzal va charm buyumlarini ishlab chiqarish sohasida Rossiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Moskvada Oʻzbekiston elchixonasida "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi rahbari Sardor Umurzaqov ushbu tarmoqda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturi toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdi.

Sardor Umurzaqovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tarmoqni yanada rivojlashtirish boʻyicha keng qarmovli dastur qabul qilinganligini maʼlum qildi.

Uyushma rahbarining maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida ushbu sohada tovar aylanuvi 20 baravarga ortdi, bu oʻz navbatida mazkur sohada hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotganligidan dalolat bermoqda.

"Hamkorligimiz ikki yoʻnalishda rivojlanmoqda: xom ashyoni ishlab chiqarish va sotib olish, shuningdek taʼlim va malaka oshirish yoʻnalishlarida. Xususan, biz Oʻzbekiston va Rossiya hududlarida qoʻshma korxonalarini tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz. Bir tomondan bu ichki bozorlarimizda import mahsulotlarini oʻrnini bosish muammosini hal qilishga yordam beradi, ikkinchi tomondan esa uchinchi davlatlarga mahsulotlarmizni eksport qilish imkoniyatini beradi", — deb taʼkidladi "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi rahbari.

Ikki davlat oʻrtasida hamkorlikning ikkinchi yoʻnalishida — bugungi kunda Rossiyaning uchta oliygohi charm sanoati sohasida oʻzbekistonlik mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashda amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirishgan.

Charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturiga koʻra Oʻzbekiston yaqin bir yarim, ikki yil ichida charm poyabzallarini ishlab chiqarishni ikki baravarga koʻpaytirishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular