10:23 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Shavkat Mirziyoyev

Energetika sohasiga xususiy sektorni taklif qilish kerak - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
388 0 0

Turkiyada - 60 %, Koreyada - 20 % elektr energiyasi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi, Oʻzbekistondachi?

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 3 oktyabr kuni elektr energetikasi sohasidagi vaziyatni tahlil qilish hamda sohani yanada rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda elektr energetikasi sohasini rivaojlantirish naqadar muhim ekani qayd etilib, ushbu sohada Oʻzbekistonda bugungi kundagi vaziyat talabga javob bermayotganligi taʼkidlandi.

Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 86 % IESlarda, qayta tiklanmaydigan resurslar tabiiy gaz va yonilgʻi yordamida ishlab chiqarilayotganligi qayd etildi. Ustiga ustak ushbu IESlarning aksariyati (84%), 50 yil oldin ishga tushirilgan boʻlib, bugungi kunda ularning samaradorligi juda past ekanligi qayd etildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi natijasida Oʻzbekistonda  2030 yilga borib elektr energiyasiga boʻlgan talab yana 50%ga oshishi kutilmoqda. Elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun sohada yangi elektr ishlab chiqaruvchi obʼyektlar qurish kerakligi taʼkidlandi.

Xususan Atom elektr stantsiyalari qurish ana shunday rivojlanish yoʻllarning biri sifatida koʻrib chiqildi.

“Atom elektr stantsiyasining ishga tushirilishi yoqilgʻi sarfini qisqartirish boʻyicha revolyutsion yechimlardan biri boʻladi, biroq buning uchun hali 8-10 yil kerak”, - dedi prezident.  

Ikkinchi yoʻnalish sifatida - elektr energiyasi ishlab chiqarish yangi xususiy va davlat bilan sherikchiligida obʼyektlar qurishni jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi.

Oddiy misol, Turkiyada 60 foiz, Koreyada 20 foiz elektr energiyasi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda esa hanuzgacha xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini energotizimga qabul qilish masalasi hal etilmagan. 

Ushbu maqsadda kelgusi yildan elektr energiyasi sotishdan tushadigan mablagʻlarning 15 foizini investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kreditlarni qaytarish uchun yoʻnaltirish lozimligi taʼkidlandi. 

Majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishish mumkin.

 

Asosiy mavzular