21:18 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
677 0 0

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda birinchi AES qurilishiga start berishadi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan boradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

18-19 oktyabr kunlari Vladimir Putin Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazishi va ularning natijalariga koʻra bir qator muhim hujjatlar imzolashi rejalashtirilgan.

"Umid qilamanki kelasi hafta Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifi davomida biz prezident Shavkat Mirziyoyev bilan, mufassal muzokaralar oʻtkazamiz va ularning natijalariga koʻra hukumatlararo va tijoratga oid salmoqli hujjatlar toʻplami imzolanadi", - dedi Putin Oʻzbekiston yangi elchisiga bugun Kremlda boʻlib oʻtgan ishonch yoriliqlari qabul qilish marosimida. 

Xabarda aytilishiga koʻra, tashrifning ikkinchi kunida Putin va Mirziyoyev ishtirokida Oʻzbekistonda birinchi AES qurilishiga start beriladi. Shuningdek, Rossiya prezidentining davlat tashrifi davomida birinchi Oʻzbekiston Rossiya hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtadi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular