20:40 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Panelnaya diskussiya v ramkax mejregionalnogo rossiysko-uzbekskogo foruma v Tashkente

Rossiya va Oʻzbekiston viloyatlari oʻrtasida muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi

Mejdunarodnыy press-klub
Iqtisod
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
33920

Rossiya va Oʻzbekistonning asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi viloyatlarining rahbarlari va viloyat hokimlari, ikki mamlakatning yirik biznes vakillari ishtirok etdi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Bugun, 19 oktyabr kuni Rossiya-Oʻzbekiston oʻrtasida birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida ikki davlat rahbarlari ishtirokida biznes nonushta oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Prezident Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin pribыl v Tashkent
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Tadbirda Rossiya va Oʻzbekistonning asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi viloyatlarining rahbarlari va viloyat hokimlari, ikki mamlakatning yirik biznes vakillari ishtirok etdi.

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohada qiymati 6,2 milliard dollarlik 609 ta bitim va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

Tarmoqlar sohalardagi hamkorlik doirasida Oʻzbekiston va Rossiya viloyat korxonalari  oʻrtasida 1,2 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha 242 ta shartnoma va 1,4 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha 137 ta shartnoma imzolandi.

Biznes uchrashuvlari va seminarlar, toʻplangan tajriba almashinuvi va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini faol muhokama qilish natijalariga koʻra, 20,0 milliard dollardan ortiq boʻlgan 800 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, savdo-iqtisodiy sohada umumiy miqdori 6,2 milliard dollarlik 609 ta bitim va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik 202 shartnoma imzolandi.

Rossiyaning 5 ta viloyati va Oʻzbekistonning 6 ta viloyati rahbarlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohasida 8 ta ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, Chelyabinsk viloyati hukumati va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Orenburg viloyati hukumati va Fargʻona viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Chelyabinsk viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

Vizit Putina v Uzbekistan
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Orenburg viloyati hukumati va Samarqand viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi;

2018-2020 yillar Moskva hukumati va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida hamkorlik dasturi;

Tyumen viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va gumanitar sohasida hamkorlik bitimi.

Olingan kelishuvlar natijasida Oʻzbekistonda 79 ta Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi, 23 ta savdo uyi va 29 ta ulgurji savdo markazlari tashkil etiladi.

Bu kelishuvlarning barchasi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini targʻib qilish, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, invetitsiya sohadagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, ikki mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va tovar ayirboshlashni koʻpaytirishga qaratilgan.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular