18:09 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
52 0 0

SHHT mamlakatlari vakillari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Chelyabinsk viloyati salohiyati bilan tanishadilar.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik.  2018 yilning 4-6 dekabr kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi Chelyabinsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning birinchi Hududlararo forumida ishtirok etadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

“Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Oʻzbekistonning hudud rahbarlari hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar”, - deyilgan xabarda.

Delegatsiyalar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Chelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanishadilar.

Avvalroq SHHT aʼzo davlatlarning rahbarlari tashkilot ichida savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihasining yangi tahririni ishlab chiqish haqida kelishib olishgan edilar. Hujjat bosh vazirlar tomonidan Dushanbedagi SHHT aʼzo davlatlar rahbarlarining Kengashi majlisi yakunida imzolangan edi.

Asosiy mavzular