12:00 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Koshelek s dengami

Shavkat Mirziyoyev pensiyaga doir yangi farmonni imzoladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
514920

2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra 2019 yil 1 yanvardan  boshlab:

- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi;

- pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshiriladi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullangan.

Moliya vazirligi va byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlaydi.

Asosiy mavzular