03:54 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Iqtisod
Havola olish
45810

Hozirda bunday zavodlar dunyoda atigi beshta, Oʻzbekiston Shoʻrtanidagi oltinchisi boʻladi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston uchun qanday foyda keltirishi haqida Sputnik muxbiriga zavod moliyaviy direktori soʻzlab berdi

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Qashqadaryoda qurilayotgan, MDH mintaqasida birinchi boʻlgan yuqori texnologiyalarga asoslangan sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodi Oʻzbekiston uchun istiqbolda qanday afzalliklar berishi haqida zavodning moliyaviy direktori Nodirbek Nasriddinov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida soʻzladi.

Nasriddinovning aytishicha, mazkur ulkan loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSH dollarini tashkil qilishini, uning amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi.

"Oʻzbekneftgaz" har yili 1 milliard dollarlik neft mahsulotlarini chetdan import qiladi. Qurilayotgan zavod mana shu import oʻrnini bosadi. Qolaversa, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun koʻp miqdorda dizel yoqilgʻiga ehtiyoj sezamiz. Ushbu loyiha esa bu sohani rivojlantirishga katta yordam beradi", - dedi u.

Suhbatdosh soʻzlariga koʻra, "Uzbekistan GTL" loyihasi tufayli Oʻzbekistonda aviakerosin ishlab chiqarilishi taʼminlanadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Uzbekistan GTL

"Bu oʻz navbatida aviatsiya, fuqaro aviatsiyasi rivojlanishiga turtki boʻladi. Oʻzbekiston hozirda dunyoga ochilmoqda, mamlakatimizga koʻplab turistlar kelmoqda, shu bois, biz Yevro-5 standartlariga javob beradigan mahsulotimizni Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasiga yetkazib berishni rejalashtirayapmiz", - deb qayd etdi zavod moliyaviy direktori.

GTL yoki "gazdan suyuqlik" texnologiyasiga asoslangan yuqori texnologiyali chiqarishlar dunyo boʻylab sanoqlidir. Ular Janubiy Afrika Respublikasi, Malayziya va Qatarda mavjud. Mana endi shunday loyiha Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi boʻlib Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.

Zavod dunyodagi yetakchi litsenziar kompaniyalar – "Sasol" (JAR), "Xaldor Topse" (Daniya) va "Shevron" (AQSH) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda.

Qurilish ishlari bosh pudratchi – Koreya Respublikasining "Hyundai Engineering Co. Ltd." va "Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd", Singapurning "Enter Engineering Pte. Ltd." kompaniyalari tomonidan olib borilmoqda.

Asosiy mavzular