13:16 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
555 0 0

MDH hududida yagona boʻlgan sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarishga moʻljallangan ulkan investitsion loyiha Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida 2020 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi kutilmoqda

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston aviakerosin va dizel eksportini yoʻlga qoʻyishi mumkin, dedi shanba kuni Toshkentda "Uzbekistan GTL" loyihasini moliyalashtirish hujjatlarini imzolash tadbirida "Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov.

Ashrafxonovning soʻzlariga koʻra, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida qurilayotgan GTL zavodining asosiy maqsadi - Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazni shu yerning oʻzida qayta chuqur ishlash hamda shu sintetik yoqilgʻini ishlab chiqarish natijasida, chetdan, uchinchi davlatlardan kelayotgan uglevodorod xom-ashyosi importini keskin kamaytirishdan iborat.

"Zavodning qurilish ishlari 60 foizga bajarilgan va u 2020 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda", - dedi Ashrafxonov va ushbu loyiha tufayli oʻzbekistonlik mutaxassislar yuqori texnologiya asosida ulkan investitsion loyihani amalga oshirish boʻyicha qimmatbaho tajriba orttirishlarini qoʻshimcha qildi.

Ashrafxonov shuningdek, GTL zavodi tufayli, Oʻzbekiston aviakerosin va dizel yoqilgʻilari importidan voz kechishi mumkinligini qayd etdi.

"Agar biz 311 ming tonna aviakerosinni Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqarsak, chet eldan import qilishga hojat qolmaydi. Biz bu orqali nafaqat Oʻzbekiston Havo yoʻllarining 118 ming tonna aviakerosinga boʻlgan ehtiyojini qondirishimiz, balki ichki ehtiyojdan tashqari qolgan qismini eksportga yoʻnaltirishimiz mumkin boʻladi. Bu degani - loyiha Oʻzbekistonga chetdan valyuta kirib kelishini taʼminlaydi", - dedi "Oʻzbekneftgaz" rahbari.

Eslatib oʻtamiz, "Shoʻrtan GKKning tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular