20:32 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Xorij avtomobillaridan bojxona toʻlovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Iqtisod
Havola olish
71810

Yangi tartib ishlab chiqarish yili ikki yildan ortiq boʻlmagan, narxi 40 ming dollar va undan yuqori boʻlgan avtomashinalarga taalluqli boʻladi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yildan boshlab xorij yengil avtomobillaridan bojxona toʻlovlarini undirish tartibi joriy etiladi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

DBQ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Farrux Fayzullayev soʻzlariga koʻra, oʻzgarishlar ishlab chiqarish yili ikki yildan ortiq boʻlmagan, narxi 40 ming dollar va undan yuqori boʻlgan avtomashinalarga taalluqli boʻladi.

Bunday avtomashinalaridan import boji undirilmaydi. Faqat 20 % aktsiz soligʻi va 20 % qoʻshilgan qiymat soligʻi undiriladi. Olib kirilgan avtomashina qiymatidan yagona bojxona toʻlovlarning stavkasi 44 % boʻladi.

Boshqa avtomashinalarga bojxona toʻlovlarining stavkalari oʻzgarmadi.

“Respublikada oʻrta sinf avtomobillari ishlab chiqariladi, GM Uzbekistan bor. Davlat oʻz ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi. Shuning uchun bizda ishlab chiqarilmaydigan premium-klass  avtomobillariga nisbatan import boji bekor qilindi”, - deb qoʻshimcha qildi u.

Asosiy mavzular