23:27 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Produktovaya korzina

Goʻsht, tuxum, kartoshka: qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilingan mahsulotlar roʻyxati

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Iqtisod
Havola olish
897 0 0

Oʻzbekiston Moliya vazirligi chakana va ulgurji savdoda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Moliya vazirligi qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilingan mahalliy mahsulotlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Goʻsht, tuxum, shakar, guruch va boshqa mahsulotlar QQSdan ozod qilingan mahsulotlar roʻyxatiga kiritildi.

QQSdan ozod qilingan mahsulotlar roʻyxati:

goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (chorva, tovuq) va ularni soʻyishdan keyingi mahsulotlar; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non mahsulotlari (ishlab chiqarishda va sotishda).

Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov shu kunlarda jurnalistlar bilan boʻlgan uchrashuvda Oʻzbekistonda 2019 yilda narxlar keskin oshishiga olib keluvchi ichki xatarlar mavjud emasligini qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda 20% miqdorda QQS koʻrsatilgan kassa cheki qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Korzinka.uz taʼsischisi Zafar Xashimovga koʻra, isteʼmolchilar avval ham tovar narxiga qoʻshilgan bu soliqni toʻlashgan. Farqi shundaki, QQS miqdori yil boshidan boshlab chekda koʻrsatila boshlagan.

Asosiy mavzular