21:56 19 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy

Soliq qarzlarini plastikdan soʻzsiz yechib olish haqidagi qonun bekor qilindi

© Sputnik / Ruxkyan
Iqtisod
Havola olish
426 0 0

Soliq nazorat organlariga fuqarolar qarzlarini plastik kartochkalardan soʻzsiz yechib olish huquqini beruvchi qonun bekor qilindi.

TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Fuqarolarning soliq boʻyicha qarzlarini jismoniy shaxslar plastik kartochkalardan soʻzsiz yechib olish haqidagi qonun normasi bekor qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Aytish joizki, ushbu qonun kuchga kirmasdan turib bekor qilindi. Oʻzbekiston prezidentining 2018 yilning 26 iyunida imzolangan 3802-sonli  qarorida qiymati EKIHning 2 baravaridan koʻp boʻlmagan soliq qarzlarini jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan soʻzsiz yechib olishni nazarda tutgan edi. 

Muhokama qilish va yechib olish mexanizmini ishlab chiqarish jarayonida ushbu qonun normasiga koʻplab savollar va izohlar paydo boʻlgan edi.

Ikkinchidan, soliq organlariga bunday huquqning berilishi fuqarolar va hukumatning ayrim muassasalari tomonidan salbiy kutib olindi. Xususan, Markaziy bank alohida muassasa manfaatlari iqtisodning boshqa tarmoqlaridan ustun qoʻyilmasligi kerakligini taʼkidladi. 

Bunday “sovuq kutib olish” oqibatida, qonunning ushbu normasi oʻzining yakuniy tasdigʻini topmadi va 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab 4086-sonli PQ bilan bekor qilindi.

Asosiy mavzular