Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq qarzlarini plastik kartochkalardan so‘zsiz yechib olishni taklif qilgan boshqarma boshlig‘i lavozimidan bo‘shatildi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Soliq qarzlarini plastik kartochkalardan so‘zsiz yechib olish haqidagi qonun loyihasini taklif qilgan mulozim lavozimidan ozod qilindi, deb xabar qilmoqda gov.uz sayti.  

“Loyiha ishlab chiqilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va mas’uliyatsizligi uchun Davlat soliq qo‘mitasining mas’ul boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin miqdori EKIHning 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan  soliq qarzini jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi taklif qilingan edi.

Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Soliq qarzlarini plastikdan so‘zsiz yechib olish haqidagi qonun bekor qilindi

Yangi qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlar va keng jamoatchilik o‘rtasida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchillik unga qarshi fikr bildirgan edi. Undan tashqari ushbu qonun haqida Markaziy bank ham yangi qonun faqat bir muassasa manfaatlari yo‘lida butun mamlakat iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan edi.

Ayni damda, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0