21:58 19 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Dollarы SSHA

“Xufyona iqtisodiyot” qisqartiriladi – prezident farmoni

© pixabay
Iqtisod
Havola olish
440 0 0

“Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 – 2021 yillarda Oʻzbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Yoʻl xaritasi” doirasida “Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

“Yoʻl haritasi”ni amalga oshirish boʻyicha Bosh vazir boshchiligidagi Iqtisodiy kengash hamda Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.

Iqtisodiy kengash tomonidan quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi hamda prezident administratsiyasiga kiritiladi:

Strategiyalar:

- davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni isloh qilish boʻyicha – 2019 yil 1 iyungacha;

- milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston – 2030) boʻyicha – 2019 yil 1 dekabrgacha;

- taʼlimni rivojlantirish boʻyicha – 2020 yil 1 martgacha;

- suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish boʻyicha – 2020 yil 1 sentyabrgacha.

Kontseptsiyalar:

-  Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha – 2019 yil 1 aprelgacha;

- qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha – 2019 yil 1 oktyabrgacha;

- monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha – 2019 yil 1 oktyabrgacha;

- davlat pensiya tizimini isloh qilish boʻyicha – 2020 yil 1 yanvargacha;

- moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish boʻyicha – 2020 yil 1 iyungacha.

“Yoʻl xaritalari”:

- investitsion muhitni yaxshilash boʻyicha – 2019 yil 1 aprelgacha;

- yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish boʻyicha – 2019 yil 1 noyabrgacha;

- atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha – 2020 yil 1 sentyabrgacha.

Asosiy mavzular