O‘zbekistonga 2019-yilda asosiy investitsiyalar qaysi mamlakatlardan jalb qilinadi?

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ne’matov aytishiga qaraganda investitsiyalar jalb qilinadigan asosiy sohalar - energetika, yengil sanoat, maishiy xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari bo‘ladi.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Kecha Toshkentdagi Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ne’matov Ilhom To‘ychiyevich 2019-yilda O‘zbekistonga investitsiyalar asosan qaysi mamlakatlardan jalb qilinishi va qaysi sohalarga yo‘naltirilishi haqida so‘zlab berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda 2019-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyalar Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Polsha tomonidan kiritiladi.

Investitsiyalar jalb qilinadigan asosiy sohalar sifatida esa: energetika, yengil sanoat, maishiy xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari belgilab olingan.

Shavkat Mirziyoyev poznakomilsya s rabotoy predpriyatiya  “Steel property construction” - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 2019-yilda 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan

2019 yilda jalb qilish rejalashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori 4,2 milliard miqdorida belgilangan.  2018-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalar miqdori 2,7 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Shuningdek vazir o‘rinbosari 2019-yilda uzoq muddatli loyihalarga ham katta e’tibor berilayotgani haqida so‘zlab berdi. Xususan yil davomida umumiy qiymati 22,3 milliard dollar bo‘lgan 264 ta uzoq muddatli loyihalar imzolash nazarda tutilgani aytib o‘tildi.

Yuqoridagi pespektiv investitsion loyihalar asosan yangi texnologiyalar olib kirish va Respublikaning Eksport salohiyatini oshirishga hamda turistlar sonini oshirishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0