00:21 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
V Uzbekistane nachal rabotat Poytaxt bank

Toshkent shahar hokimiyati oʻz bankiga ega boʻldi

Press-slujba xokimiyata Tashkenta
Iqtisod
Havola olish
467 0 0

Ustav kapitali 100 mlrd soʻm boʻlgan yangi bank – toʻliq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Toshkentda yangi bank - “Poytaxt bank” oʻz faoliyatini boshladi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

"Poytaxt bank asosan - Toshkentda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashtirilgan", - deyilgan xabarda.

Undan tashqari yangi bank koʻp qavatli uylarni qurish va taʼmirlorvchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish,

 muhandislik infratuzilmalarini yaxshilash loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish hamda investitsion faoliyat bilan shugʻullanadi.

Ustav kapitali 100 mlrd soʻm boʻlgan yangi bank – toʻliq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankda 130 nafar xodim ishlaydi va u 24 soat davomida uzuluksiz ishlaydi. Mijozlar bankka kela olmagan taqdirda ular interaktiv xizmatlar yordamida oʻz hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkoniga ega boʻladilar.

Asosiy mavzular