00:09 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota bahorda chiqariladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
126730

Yangi banknota Navroʻzga chiqarilishi mumkin. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda.

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda yirik miqdordagi yangi banknota bahor mavsumida chiqarilishi mumkin.

Ayrim internet nashrlarda Oʻzbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming soʻmlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar paydo boʻldi.

Ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi 100 ming soʻmlik banknota Navroʻz bayrami oldidan muomalaga chiqariladi.

Sputnik muxbiri ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank bilan bogʻlandi.

“Yirik miqdordagi banknota chiqarilishi haqida ilgari ham xabar bergandik. Yangi banknotalar chiqarilishi haqida texnik topshiriqlar ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ish olib borilmoqda. Biroq, banknota muomalaga chiqishi boʻyicha aniq sana belgilanmagan”, - deb maʼlum qildi Markaziy bank matbuot xizmati vakili.

Markaziy bankdagi boshqa manbaaning maʼlumotiga koʻra, yangi banknota Navroʻzga chiqarilishi kerak. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda. Biroq hozircha aniq sana nomaʼlum. Bu 1 mart, 21 mart yoki 1 aprel ham boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekistonda eng katta qiymatli kupyura 50 ming soʻmlik boʻlib, u 2017 yilning 22 avgustida muomalaga kiritilgan.

Asosiy mavzular