08:56 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

“Tatneft” Oʻzbekistonda AYOQSH tarmogʻini qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Iqtisod
Havola olish
260 0 0

Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta yoqilgʻi quyish shahobchalari quriladi.

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi Oʻzbekistonda bahor oyida AYOQSH tarmogʻi qurishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda  Toshkent viloyatida 22 ta yoqilgʻi qoʻyish shahobchalari quriladi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyat maʼmuriyati vakiliga asoslanib.

“Tatneft” loyihasi bahor oyida boshlanadi. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta AYOQSH qurish rejalashtirilmoqda”, - dedi maʼmuriyat vakili.

U 2018 yil dekabr oyining oxirida Rossiya neft kompaniyasi Oʻzbekiston adliya vazirligida Nurafshondagi xom-ashyo yetkazib beruvchi filial “Tatneft-AZS-Tashkent” MCHJni roʻyxatdan oʻtkazganini qoʻshimcha qildi.

“Tatneft” Oʻzbekistondagi AYOQShlariga oʻz yoqilgʻisini yetkazib beradi. Tayyor mahsulotlarini saqlash uchun "Oʻznefteprodukt" AJ rezurvuarlarini ijaraga oladi.

Agar loyiha amalga oshsa, “Tatneft” Oʻzbekistondagi Rossiya avtomobil yoqilgʻisini chakana sotuvchi uchinchi kompaniya boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda Gas Project Development Central Asia​ (Gazprom International) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum​ qoʻshma korxonasi avtomobillarga import boʻyicha olib kelingan yoqilgʻilarni sotuvchi AYOQSH tarmogʻini ishga tushirgandi. Oʻtgan yil mart oyida “Lukoyl” Oʻzbekistonda birinchi AYOQSH ochgandi.

“Tatneft” - Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va 1950 yilda tashkil topgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetyevsk  shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish boʻyicha beshinchi oʻrinda turadi.

Asosiy mavzular