13:20 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Xorazm viloyati delegatsiyasi Malayziyaga yoʻl olmoqda

© Sputnik / Fayed El-Geziri
Iqtisod
Havola olish
172 0 0

Xorazm viloyati ishbilarmonlari Malayziyada biznes forumi va "B2B" shaklidagi muzokaralarda ishtirok etadi.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat ishbilarmonlar vakillari ishtirokidagi delegatsiya 23-26 yanvar kunlari Malayziyada boʻladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importyorlar, turistik kompaniyalar va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi, shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporatsiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va «B2B» shaklida muzokaralar boʻlib oʻtadi, deyilgan Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi maʼlumotida.  

Kelishuvlar natijalariga koʻra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning yetakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish boʻyicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, respublikaga investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida, viloyat hokimiyatlari va elchixonalar hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston sarmoyaviy hamda turistik salohiyatlarini keng namoyish qilish bilan shugʻullanadi.   

Asosiy mavzular