TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Oʻtgan yilda Oʻzbekiston paxta-tolasi eksportini yil sayin kamaytirib bormoqda, deb xabar qildi Davlat Statistika qoʻmitasi.
“Oʻzbekiston oʻtgan yilda 2017 yilga nisbatan 2,4 baravarga kam eksport qilgan. 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika umumiy qiymati 222,1 mln dollar boʻlgan, 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qildi. 2017 yilda esa Oʻzbekiston 278,9 ming tonna paxta tolasi eksport qilgan edi”, - deyilgan xabarda.
Hisobotda aytilishiga koʻra, paxta tolasi eksporti hajmi kamayshi – bu Oʻzbekiston eksportida ir necha yillik trendga aylangan. Xususan, 2015 yilda 503,8 ming tonna paxta eksport qilingan boʻlsa, 2016 yilda – 416 ming tonna. Shuningdek, davlat umumiy eksporti hajmida paxta ulushi 3,8 % dan 1,6 %gacha kamaygan.
Shu bilan bir qatorda, Respublikada tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 1,4 baravar oshib, 1,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu Oʻzbekiston umumiy eksport hajmida 11,2 %ni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy importeri – Rossiya boʻlib qolmoqda. Tayyorlangan toʻqimachilik mahsulotlarining 40 % Rossiyaga eksport qilinmoqda va ushbu hajm yil sayin oʻsib bormoqda.