08:02 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Monetы Rossii

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bosh vazirga boʻysunishi belgilandi

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Iqtisod
Havola olish
160 0 0

Qaror bilan, byudjetdan tashqari Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi.

TOSHKENT, 25 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Davlat raqobat qoʻmitasining qimmatli qogʻozlar bozorini va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish borasidagi barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Agentlik oʻz faoliyatida bosh vazirga boʻysunadi hamda fond birjalarining faoliyatini, qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatni va lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi.

Qaror bilan, byudjetdan tashqari Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi.

2019 yil 1 sentyabrgacha qonun hujjatlariga qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, Agentlikning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Qonun ishlab chiqiladi.

2019 yil 20 dekabrgacha Kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular