GM Uzbekistan yil oxirida Cobalt ishlab chiqarishni to‘xtatadi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zavtosanoat” 3-yil ichida Asaka zavodida ishlab chiqarilayotgan modellar qatorini to‘liq yangilashni rejalashtirgan.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. GM Uzbekistan 2019-yil oxirida Cobalt avtomobillari ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb xabar qildi kompaniya vakili “Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, “Daryo”  xabariga asosan.  

Aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov aytishiga qaraganda, kompaniya  bundan buyon eski avtomobil modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zavtosanoat” 32 ta dilerlik korxonasidagi o‘z ulushini sotadi

«Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM’ning o‘zida, Braziliyada ushbu loyiha 2016-yilda amalga oshirilgan edi. O‘zbekistonda joriy yilning oxirida Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Biz eski avtomobil modellarini ishlab chiqarish to‘g‘ri emas, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, yangilangan Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejamizni bekor qilamiz», — dedi Aziz Shukurov.

Shukurov aytishiga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Captiva avtomobili o‘rniga 2019-yilning 3 choragida ikki turdagi krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

"Avvallari biz GMning ishlab chiqarilgan modellarini O‘zbekistonga olib kelib, yig‘ardik. Bizning modellar qatorimiz o‘rta hisobda 9—10 yil ishlab chiqarilardi. Bu juda katta muddat.  Hozirda esa modellar har 3—5 yilda o‘zgarapti. Shuning uchun biz GM’dagi hamkorlarimiz bilan kelishib oldik: Yangi investitsion loyihalarni tatbiq etamiz. Kelgusi uch yil davomida esa Asaka zavodidagi modellar qatorini yangilaymiz", — deydi aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari. 

Yangiliklar lentasi
0