Toshkent hayvonot bog‘ida narxlar oshdi

© UZ24Tashkentskiy zoopark
Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hayvonot bog‘ida 1-martdan narxlar oshadi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘i o‘zining Facebookdagi sahifasida 1 martdan boshlab narxlar oshishini xabar qildi.   

Kommunal xizmatlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishi munosabati bilan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligining 2019-yil 25-fevraldagi 01-11-11-398-sonli xatiga, hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining 2019-yil27 fevraldagi 01-19/54-sonli ko‘rsatmasiga asosan 2019-yil 1-martdan Toshkent hayvonot bog‘i kirish chiptalarining narxlari quyidagicha belgilanadi:

  • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bepul
  • 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun – 10 000 so‘m
  • Kattalar uchun – 15000 so‘m
  • Muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun – 10 000 so‘m
  • Yoshiga doir nafaqadagi shaxslar uchun – 10 000 so‘m
  • Nogiroligi bo‘lgan shaxslar uchun – bepul

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘ida bugungi kungacha narxlar 7-16 yoshli bolalar uchun - 6000 so‘m, kattalar uchun - 10000 so‘m edi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, muddatli harbiy xizmatchilar va nogironlar uchun kirish bepul edi.

 

Yangiliklar lentasi
0