15:16 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Fargʻonada toshdan qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxona quriladi

© OʻzA
Iqtisod
Havola olish
222 0 0

Emumiy qiymati 7 million dollar boʻlgan qoʻshma korxona, zamonaviy texnologiyalar asosida bir yilda 9 ming tonna sifatli tosh qogʻoz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Fargʻona shahrida Xitoy bilan hamkorlikda, toshdan qogʻoz ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona qurilmoqda, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Ushbu innovatsion loyihaning umumiy qiymati 7 million dollar boʻlib, u Xitoyning «Ningbo Stone Paper Environmental Friendly Materials Co.LTD» kompaniyasi va “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat koʻrsatuvchi korxona ishga tushgach, bir yilda bu yerda 9 ming tonna qogʻoz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekiston har yili 120 ming tonnadan ortiq ofset va gazeta qogʻozlari sotib oladi.

Mazkur import oʻrnini bosuvchi loyiha borasida kelishuv Fargʻona viloyati hokimi SH. Gʻaniyevning 25-27 aprel kunlari Xitoyda boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtiroki davomida memorandum imzolagan edi.

Predpriyatiye po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane

–Bugungi kunda sifatli tosh qogʻoz mahsulotlariga talab butun dunyoda ortib bormoqda, – deydi loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozov. – Sababi unda ekologiyaga hech qanday zarar yetmaydi, balki oddiy tosh yoki kaltsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qogʻozning sifati tsellyuloza qogʻoznikidan butunlay farq qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-7 may kunlari amalga oshirilgan  tashrifi davomida Fargʻona viloyatida 2019-2020 yillarda qiymati 40,4 trillion soʻm boʻlgan 624 ta yirik va oʻrta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi belgilab olingan edi. Ularning negizida 49 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular