O‘zbekiston yana ikkita Talgo-250 tezurar poyezdini sotib oladi

© Morskoy port Sankt-PeterburgaVisokoskorostnoy ispanskiy poyezd TALGO-250 dlya Uzbekskoy jeleznoy dorogi
Visokoskorostnoy ispanskiy poyezd TALGO-250 dlya Uzbekskoy jeleznoy dorogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shartnoma doirasida qiymati 57,5 mln yevroga ikkita tezurar Talgo-250 elektropoyezdi, 4 ta vagon, hamda ularning ehtiyot qismlari sotib olinadi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekiston yana ikkita Talgo-250 tezurar poyezdini xarid qiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ikkita yo‘lovchi tashuvchi va to‘rtta ekonom-klass vagonli tezurar Talgo-250 elektropoyezdini sotib olish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan qarorida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Ispaniya va Koreyadan yangi tezurar poyezdlar sotib oladi

Hujjat matniga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ Ispaniyaning Patentes Talgo SLU kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma doirasida qiymati 57,5 mln yevroga ikkita tezurar Talgo-250 elektropoyezdi, 4 ta vagon, hamda ularning ehtiyot qismlari sotib olinadi.

Ispaniya hukumati Ispan kompaniyalarining korporativ internatsionallashtirish Fondi tomonidan 30-yil muddatga jami 57,5 million yevro miqdorida kredit ajratilishini ma’qullagan. Kreditning 10-yili 0,05% stavkada imtiyozli davr hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, loyiha 2019−2021 yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonga yo‘l olgan TALGO-250 poyezdi Sankt-Peterburgga yetib keldi

O‘zbekistonning loyihaga qo‘shgan hissasi 15,43 mln. yevroga teng, shu jumladan 14,37 mln. yevro soliq va bojxona imtiyozlari shaklida, shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan 1,06 million yevro ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0