15:11 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Neftepererabatыvayuщiy zavod

Eni Oʻzbekiston neft-gaz bozoriga kirmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin
Iqtisod
Havola olish
263 0 0

Italiyaning Eni kompaniyasi Oʻzbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 14 maya – Sputnik. Italiyaning  Eni xalqaro neft-gaz kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirish imkoniyatini qidirmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov Bryusselda Eni S.p.A kompaniyasining katta vitse-prezidenti Fabio Marchetti bilan uchrashib Oʻzbekiston energetika bozorida italiya kompayaniyasi bilan hamkorlik qilish istiqbollari boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.   

“Oʻzbekiston energetika manbaalari haqida maʼlumot olib ularni tahlil qilib chiqqanidan, Eni oʻzaro anlashuv memorandumini imzolash va Oʻzbekistonda vakolatxona ochish masalasini koʻrib chiqadi”, - deyilgan TIV xabarida.

Italiya kompaniyasi shuningdek, Toshkentda 15-17 may kunlari boʻlib oʻtadigan 23-xalqaro “Oʻzbekiston neft va gaz -2019” koʻrgazmasida ishtirok etish istagini bildirdi.

Eni - Italiyaning eng yirik neft qazib oluvchi kompaniyasi boʻlib, bugungi kunda u dunyoning 83 mamlakatida faoliyati yuritib kelmoqda. 1953 yilda tashkil qilingan kompaniyaning asosiy faoliyat hududlari Afrika, Rossiya va Qozogʻistondir.

Asosiy mavzular