O‘zbekiston AESi – Rosatom uchun eng ustuvor xorijiy loyiha bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor Gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii "Rosatom" Aleksey Lixachev.
Generalniy direktor Gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rosatom" O‘zbekistonda AES qurilishini imkon qadr ko‘proq "mahalliylashtiriga" harakat qilmoqda.   

TOShKENT, 15-may – Sputnik. “Rosatom” O‘zbekistonda AES qurilishiga eng ustuvor  xorijiy loyiha sifatida qaraydi, dedi, Rossiya korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev Toshkentda Energetika forumi ochilishida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shuningdek, “Rosatom” rahbari Energetika forumida ilk bor atom energetikasiga alohida e’tibor berilganini mamnunlik bilan qayd etdi va bo‘lajak atom elektr stansiyasi qurilishida ancha ishlar allaqachon bajarilganini xabar qildi.

“Bo‘lajak AES uchun ko‘p ishlar allaqachon bajarilgan. AES qurilish maydoni tanlandi, kerakli kadrlarni tayyorlash jarayoni boshladi. Endi esa oldimizda AES qurilish ishlarini mahalliylashtirish uchun imkon qadr ko‘proq O‘zbekiston korxonalarini jalb etish vazifasi turibdi”, - dedi Lixachev.   

Eslatib o‘tamiz ayni damda, Toshkentda ikkita yirik xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda: O‘zbekiston Energetika forumi - "Power Uzbekistan 2019" va O‘zbekiston neft va gaz ko‘rgazmasi - "Neft i gaz Uzbekistana - OGU 2019".

Yangiliklar lentasi
0