03:27 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Direktor–rasporyaditel Mejdunarodnogo Valyutnogo Fonda (MVF) Kristin Lagard

XVJ rahbari nima Oʻzbekistonni gullab-yashnashga olib kelishini aytdi

© AFP 2018 / DON MACKINNON
Iqtisod
Havola olish
59010

Kristin Lagard 2011 yilning iyul oyidan boshlab Xalqaro valyuta jamgʻarmasi farmoyish beruvchi direktori vazifasida faoliyat yuritadi. Oʻzbekistonga ilk bor keldi, biroq avval Shavkat Mirziyoyev bilan AQSH va Xitoyda uchrashgan edi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Savdo-sotiq sohasidagi ochiqlik va qoʻshni mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlar Oʻzbekistonni innovatsiyalar va gullab-yashnashga olib keladi, dedi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard. U oʻzining mamlakatga ilk tashrifi doirasida Markaziy bankda maʼruza bilan chiqish qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tadbirda iqtisodiyot va sanoat, moliya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi va davlat statistika qoʻmitasi vakillari hamda Markaziy bank xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.

Kristin Lagard oʻz nutqida Oʻzbekiston oʻzining yaxshi davrlarida iqtisodiy islohotlar chorrahasi boʻlganini, yomon davrida esa oʻzini-oʻzi ajratib qoʻyganini taʼkidladi.

“Agar barchamiz birgalikda hal qilish yoʻllarini izlab topsak, bu yerga tashrif buyuruvchilar nafaqat Oʻzbekiston tarixi, balki gullab-yashnayotgan kelajagi haqida ham oʻylaydi”, - dedi Kristin Lagard.

2017 yil sentyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda valyuta islohoti jarayonida davlat organlari va tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlash, savdodagi tariflarni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida soʻz yuritilgandi. Davlat byudjetini profitsit bilan bajarish, soliq maʼmurchiligi va davlat statistikasi sohasini tubdan yaxshilash, bank tizimining barqarorligini taʼminlash, tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish kabi vazifalarga eʼtibor qaratilgandi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni Xitoyda Kristin Lagardni qabul qilgandi. Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanishlarni amalga oshirish jarayonida Oʻzbekistonga zarur barcha yordamni koʻrsatishni davom ettirishga qatʼiy intilishini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular