04:36 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Premyer-ministr RF D. Medvedev

Medvedev: maqsadimiz - Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish

© Sputnik / Yekaterina Shtukina
Iqtisod
Havola olish
230 0 0

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga keldi. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan boʻlgan muzokaralar chogʻida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalarni maʼlum qildi.

Urganch shahrida Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Medvedev oʻz chiqishida, xususan, mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash jadal surʼatda oʻsib borayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Biz savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika, madaniy-gumanitar va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatidamiz. Faqat oʻtgan yili mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oʻsdi — 4,5 milliard dollarga yetdi va oʻsish surʼatlari saqlanib qolmoqda. Biz oldimizga katta rejalarni qoʻydik – ushbu koʻrsatgichni yaqin vaqt mobaynida 10 milliard dollargacha yetkazish. Ishonchim komilki, buni uddasidan chiqamiz”, - deya taʼkidladi Dmitriy Medvedev.

Rossiya hukumati raisi Rossiyaning Oʻzbekiston bilan boʻlgan savdo oʻsish koʻrsatgichlari MDHdagi eng yuqorilaridan biri ekanligini qoʻshimcha qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Dmitriy Medvedev nimalarni muhokama qildi

Urganchda boʻlib oʻtgan hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya oʻtgan yilning oktyabr oyida, Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari muzokaralari yakuniga koʻra tashkil topgan.

Asosiy mavzular