06:21 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Naqd pul, virtual kassa va goʻsht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
145510

Aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funktsiyasiga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasini yanada erkinlashtirish hamda pul tushumlari ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tayyorlandi.

Loyihaga koʻra, aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funktsiyasiga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini (onlayn NKM) bosqichma-bosqich joriy etish belgilanganligi;

tajriba loyiha sifatida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Toshkent shahrida yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilish bayon etilgan.

“2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼyektlari onlayn NKM yoki virtual kassadan toʻliq foydalanishga oʻtgan taqdirda:

ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiyati bekor qilinadi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish, xizmatlar koʻrsatish va xodimlar ish haqini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va boshqa majburiy toʻlovlarni ushlab qolgan holda) berish maqsadlari uchun kunlik naqd pul tushumini toʻliq oʻz ixtiyorida qoldirish huquqiga ega boʻladi;

keyinchalik sotish maqsadida cheklanmagan miqdorda naqd pulda tovarlar sotib olishga hamda naqd pulga sotib olingan tovarlarning (benzin, dori-darmon va boshqa aktsiz osti tovarlar bundan mustasno) summasidan qatʼiy nazar hisobvaraq-faktura va xarid cheki yoki aholidan xarid qilingan hollarda mahsulot sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat asosida kirim qilish huquqiga ega boʻladi;

kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi boʻyicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyati bekor qilinadi;

2020 yil 31 dekabrga qadar har bir kassa uchun onlayn NKM xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlari tadbirkorlik subʼyektlarining foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi yoki qatʼiy belgilangan soliq toʻlovi hisobidan, biroq toʻlov muddatida amalda boʻlgan eng kam ish haqining (bazaviy hisoblash miqdorining) 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytiriladi;

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladigan virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi bepul beriladi;

alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish joylarida sotish huquqi soddalashtirilgan shaklda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida roʻyxatga qoʻyish orqali qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oylik yigʻimlarni muntazam toʻlash hamda onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilish sharti bilan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Hujjat loyihada qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida oʻtkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablagʻlar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi bazasi sifatida qaralmaydi.

“uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishda realizatsiya qilingan mahsulot unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish tartibi bekor qilinadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Asosiy mavzular