21:48 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
212 0 0

Fevral oyida Oʻzbekiston umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan yevroobligatsiyalar joylashtirdi.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston yaqin ikki yil ichida yevrobondlar chiqarish boʻyicha MDHda uchinchi oʻringa chiqishi mumkin, dedi RIA Novostiga “Rayffayzenbank” moliyaviy institutlar boʻlimi Anastasiya Yevstigneyeva.

“Kelayotgan 1-2 yil ichida biz Oʻzbekistonni chiqarilayotgan yangi yevroobligatsiyalar boʻyicha yetakchi uchlikda koʻrishimiz mumkin”, - dedi mutaxassis Toshkentda boʻlib oʻtayotgan bankchilar sammitida.

Yevstigneyeva aytishiga koʻra, ayni damda Oʻzbekiston qarzga kapital olish boʻyicha ayni damda MDHda eng “istiqbolli yulduzdir”. Uning fikriga koʻra, bunda Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish surʼati hamda investorlarning Oʻzbek obligatsiyalariga ishqibozligi ham katta rol oʻynaydi.

“Bu Oʻzbekiston bozorini rivojlantirish uchun aʼlo djarajadagi  uygʻunlik”, - dedi bank vakili.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning fevral oyida Oʻzbekiston ilk bor umumiy qiymati milliard dollar boʻlgan yevrobondlarni joylashtirgan edi. Ular 500 millionli ikki guruhga boʻlingan boʻlib, birinchisining yillik daromadi  4,75% va soʻndirish muddati 2024 yil, ikkinchisining yillik daromadi 5,375 % boʻlib soʻndirish muddati 2029 yilga belgilangan edi.

Maʼlumot uchun, Yevrobondlar yoki Yevroobligatsiyalar — bu uzoq muddatli (3 – 30 yil) kreditga muhtoj boʻlgan hukumatlar, xalqaro tashkilotlar yoki yirik kompaniyalar tomonidan, Yevropa qimmatbahao qozgʻozlar bozoriga chiqariladigan xalqaro qarzdorlik majburiyatidir. Yevroobligatsiyalarning xususiyatidan biri shundaki – ularning foizi qarz bergan tomonga toʻliq toʻlanadi, daromad soligʻi ushlab qolinmaydi.

26-27 iyunda Toshkentda Xalqaro Bank sammmiti boʻlib oʻtmoqda. Unda Avstriyaning "Rayffayzen" banki moliya institutlari departamenti direktori Aksel Zummer boshchiligidagi yirik delegatsiya ham ishtirok etmoqda. 

Asosiy mavzular