Rossiya moliya vazirligi O‘zbekiston soliq islohotlarida yordam ko‘rsatadi

© Minfin UzbekistanaVstrecha spetsialistov minfina Uzbekistana i Rossii
Vstrecha spetsialistov minfina Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik moliya mutaxassislari O‘zbekistonda soliq hamda soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirishda yordam beradi.

TOShKENT, 1-iyul- Sputnik. O‘zbekiston moliya vazirligi rossiyalik hamkasabalari bilan soliq tizimini takomillashtirishda texnik yordam ko‘rsatish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda muassasa axborot xizmati.

“Bugun O‘zbekiston moliya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi orasida, soliqchilik ma’muriyatini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonga beminnat texnik yordam ko‘rsatish haqida kelishib olishdi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik xabarida aytilishiga ko‘ra, rossiyalik hamkasabalar ushbu shartnoma doirasida mol-mulk solig‘i hamda soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini rivojlantirishda  yordam ko‘rsatishadi.

2017 yil aprelida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan tashrifi davomida ikki davlat moliya vazirliklari o‘zaro hamkorlik haqida memorandum imzolashgan edi.Ushbu shartnoma doirasida soliq siyosati hamda mahalliy budjetlarning mustaqilligini oshirishda ko‘maklashish haqida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0