07:49 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Qozogʻistonda yigʻilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti boʻlib oʻtdi

© Oleg Spivak / Kursiv.kz
Iqtisod
Havola olish
433 0 0

Joriy yilda Qozogʻistonda 16 mingta Ravon R3 avtomobillarini chiqarish rejalashtirilgan. Shularning 6 mingtasi ichki bozor, 10 mingtasi esa eksport uchun, xususan, Rossiya uchun moʻljallangan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Olmaotada Qozogʻistonda yigʻilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar qildi.

“Biz oʻz mahsulotimiz, shu jumladan, Ravon’ning sifatiga kafolat beramiz. Umid qilamanki, isteʼmolchilar mamnun boʻladi. Biz bu voqeani uzoq kutgandik va faqat shu model bilan kifoyalanib qolmoqchi emasmiz. Kelajakda Qozogʻistonda yigʻilgan boshqa modellar ham taqdim etiladi”, — dedi “Gruppa kompaniy Allur Auto” AJ prezidenti Oksana Xolstina

UzAuto Motors boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxabov Qozogʻiston bozoridagi hamkorlik boshida distribyutorlar bilan ish olib borilgani, endilikda Qozogʻistonda Ravon rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilganidan xursand ekanligini qayd etdi.

Oʻtkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2019 yilda Qozogʻistonda 16 mingta Ravon R3 avtomobillarini chiqarish rejalashtirilgan. Shularning 6 mingtasi ichki bozor, 10 mingtasi esa eksport uchun, xususan, Rossiya uchun moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning mart oyida UZAUTO Motors (GM Uzbekistan) Qozogʻistonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yigʻish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozogʻiston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qilishni yoʻlga qoʻygan edi.

Asosiy mavzular