22:47 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Proizvodstvo xolodilnikov. Arxivnoye foto

Aholiga arzon mahsulot kerakmi yo investor...

Iqtisod
Havola olish
449 0 0

Bojlarni kamaytirib bozorni ochib qoʻysak investorlar kelmaydi – dedi savdo va sanoat vazirligi vakili. Bojlarni oshirsak - aholi uchun hamma narsa qimmat boʻladi, deb javob berishdi jurnalistlar.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Import bojini kamaytirish kerakmi yoki oshirish - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Jurnalistlarning “Maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import mahsulotlarga qoʻyilgan bojlar tufayli monopoliyaga yoʻl ochib bermayapmizmi?” degan savoliga vazirlik vakillari quyidagicha jvob qaytarishdi.

“Maishiy texnika tayyor mahsulotlari uchun import bojini “noʻl” qilib qoʻysak, shu sohani rivojlantiraman deb Oʻzbekistonga qaysi investor keladi? — deya savolga savol bilan javob qaytardi vazirlik boshqarma boshligʻi Fazliddin Roʻziyev. — Agar biz importni ochib qoʻysak, u tayyor mahsulotni olib kelib sotaversa, valyutamiz chetga chiqib ketaversa, shu toʻgʻrimi? Qaysi salohiyatli sarmoyador kelib mamlakatimizda ishlab chiqarish tashkil qiladi?

10 yil oldin Oʻzbekistonda maishiy texnika vositalari ishlab chiqaradigan bitta “Artel” kompaniyasi bor edi. Hozirga qadar yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qancha qarorlar chiqarildi, chora-tadbirlar belgilandi. Shuning natijasida ichki bozorning 50 foizini maishiy texnika bilan qamrab oldik. Aynan maishiy texnika mahsulotlarini endi eksport uchun ham ishlab chiqaryapmiz. Bunday turdagi tovarlarimiz Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistonga eksport qilinyapti. Hatto oʻzimizning tadbirkorlar oʻsha davlatlarda ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilyapti, - dedi mutaxassis. 

Shundan soʻng jurnalist - Fuqarolarimiz Qozogʻistonga chiqib, 200 ming soʻmga texnika sotib olib kelgani yaxshimi yoki oʻzimizda chiqarilgan mahsulotlarni 500 ming soʻmga xarid qilgani yaxshimi, Oʻzbekistonga investorlar kelsin deb? Aholi uchun qaysi birini foydaliroq deb hisoblaysiz?, deb masalani koʻndalang qoʻydi.

Misol tariqasida “Artel”  maishiy texnika mahsulotlari keltirildi. Oʻzbekistonda 500 ming soʻmga sotilayotgan mahsulot Qozogʻistonda 100-200 ming arzon sotilayotgani aytib oʻtildi.

“Birinchi marta chegaralar ochilganda odamlar Qozogʻistonda mahsulotlar xuddi tekin, arzon deb oʻyladi-da, olib kelaverdi, — dedi Fazliddin Roʻziyev. — Lekin hozirgi holat bilan solishtirib koʻrish mumkin, bugungi kunda oʻzimizning mahsulotlar sifat va narx jihatidan qoʻshni davlatlardagi bilan tenglashdi. Agar biz mahalliy ishlab chiqaruvchini qoʻllab-quvvatlab, narx siyosatini nazorat qilib, ishlab chiqarish parametrlariga eʼtibor bersak, talab qoʻysak, bu ertaga albatta mevasini beradi. Agar siz aytganday, aholiga arzon boʻlsin deb imort bojini bekor qilsak, bu iqtisodiy nuqtai nazardan yaxshilikka olib kelmaydi”. 

Asosiy mavzular