O‘zbekistonda Tax-free tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri. Dollari SShA.
Denejnie kupuri. Dollari SShA.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda uch oy muddat ichida Tax-free tizimi joriy etilishi mumkin.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda Tax-free tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu vazifa “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan.

Dollari - Sputnik O‘zbekiston
AQShda sentabrda defolt bo‘lishi mumkin – OAV

Qaror talablariga ko‘ra, bu tizimni ishlab chiqish uchun tegishli organlarga uch oy muddat berildi.

Tax-free tizimi chet el fuqarolariga O‘zbekistonda xarid qilgan tovarlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berishni nazarda tutadi. Chet el fuqarosi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tayotganda tegishli hujjatlarni taqdim etgan paytda, ularga soliq summasi qaytariladi.

Bu tizim joriy etilgan xorijiy mamlakatlarda qaytariladigan mablag‘ 7 - 22 foizni tashkil qiladi. QQS undiradigan 130 ta davlatdan 50 tasida mahsulotlarda Tax-free logotipi yopishtirilgan taqdirda soliq qaytariladi.

Rossiya Federatsiyasida bu tizim 2018-yilda kuchga kirdi. Sayyohlar tovar qiymatidan QQSni 18 foiz miqdorida qaytarilishi mumkin. Birinchi chek 2018-yil aprel oyida rasmiylashtirilgan.

JCh-2018 yakunida Tax-free tizimi bo‘yicha Rossiya bojxona organlari tomonidan umumiy qiymati 1,3 milliard rubl bo‘lgan 13,4 dona chek rasmiylatirildi.

Yangiliklar lentasi
0