19:07 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Kalendar

Gaz va elektr energiyasi uchun yangi tariflar qachon eʼlon qilinishi maʼlum qilindi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
131701

"Oʻzbekneftgaz" rahbari Bahodir Sidiqov gaz va elektr energiyasining aniq narxi qachon eʼlon qilinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. 2019 yilning 15 iyuliga qadar gaz va elektr energiyasi uchun yangi tariflar eʼlon qilinadi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbirining savoliga javob bergan "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov maʼlum qildi.

“15 iyulga qadar aniq raqamlarni keltiramiz, qancha va nima sababdan oshmoqda”, - dedi Sidiqov.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyi boshida Oʻzbekiston hukumati energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham koʻrib chiqdi.

Soʻnggi ikki yilda mamlakatda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obʼyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz.

Oʻzbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "Oʻzbekneftgaz" javobi

Shu bois, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil boʻlishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular