Airbus 2019-yilda 900 ta samolyotga buyurtma oldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishCamolet Airbus A320
Camolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning birinchi yarmida  Airbus kompaniyasining sof daromadi 2,4 baravar o‘sib - 1,2 mlrd yevroni tashkil qildi.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Yevropaning eng yirik aviatsiya qurilish konserni Airbus 2019-yilning birinchi yarmida sof daromadini 2,4 baravar oshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Airbus 2019-yil davomida o‘z mijozlariga 880 – 890 ta tijorat samolyotlari yetkazib berish uchun buyurtma olgan. Undan tashqari Airbus harbiy samolyotlar, vertolotlar va kosmik apparatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi", - deyilgan xabarda.    

2019 yilning birinchi yarmida Airbus umumiy tushumi 24 %ga oshib – 30,86 mlrd. yevroni tashkil qildi, aksiyalar daromadi esa 0,64 yevrodan 1,54 yevrogacha o‘sdi.

Vertolet Écureuil - Sputnik O‘zbekiston
Fransiyaning Airbus kompaniyasi O‘zbekistonga "Olmaxon" nomli vertolotlarni yetkazib beradi

2019 yilning 2 kvartalida kompaniyaning sof daromadi 2,4 baravar oshdi. Kompaniya buni birinchi navbatda moliyaviy instrumentlarning samarali qo‘llanishi va soliq stavkasining tushirilishida – deb baholamoqda.

Ma’lumot uchun, dunyoda faqat 14ta mamlakat samolyotlar ishlab chiqaradi. Eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar quyidagilar hisoblanadi:  Airbus – yiliga o‘rtacha 900 ta, Boeing – 700 ta, Embrarer – 100ta,  ATR – 75ta, Bombardier – 55 ta, OAK (Rossiya) – 40 ta samolyot ishlab chiqaradi.  

Boeing kompaniyasi daromadi o‘tgan yilda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng keskin tushib ketgan edi. Xususan, Boeing 737 Max samolyotlari ichida o‘rnatilgan yashirin dastur 2ta samolyot qulashiga olib kelgan va ushbu turdagi samolyotlar parvozi butun dunyoda ta’qiqlab qo‘yilgan edi. Bu yil parijda bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik aviatsiya ko‘rgazmasida ham Boeing kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar soni Airbusga nisbatan $ 10 milliardga kam bo‘ldi.  

Yangiliklar lentasi
0